***** |
         ***** |
***** |
"Yodimdan chiqmisiz, og'a"- dadingmi, Sog'inib oqardi sochi og'aning. Bug'ma ilon bo'lib bug'ar ayriliq, Na garak yodingdan chiqormogoning. Yoddan chiqmag'on diydor bo'lomi, Yorsizliqdan Hudo urg'ani yohshi. Yoddan chiqorsam yor hech bo'lmag'onda Har vohda bir galib durg'ani yohshi. Odimni san yekka tutmo, biykajon, Og'alob og'alob so'rab gal mani. Xovordon bo'lmasang yo'lla cho'lashiq Shovotni yoqalab so'rab gal mani. Shovotni yoqolob so'rab galganda aldingdan chiqadi qo'y do'li qo'ra Ishonmasang san dab yig'log'onima Sho'llarda o'sgan bir gujumnan so'ra. Boshing omon bo'lsin nerda bo'lsangom Go'zzingdagi yoshing yoddon chiqmosin. Na-na murod bilan Sultonbovodon Olib galyan doshing yoddan chiqmasin. Go'zyoshlaring oqib deryo bo'lsalo Mani yurakimni -bog'rimni dog'lab, G'omni g'orq ataman Sultonbovadon Akkagan doshingni bo'ynimo bog'lob Matnazar Abdulhakim |
Gaplamiysan manga,qopoqing yumriq, Bir urso, bog'rimni yenchib o'tadi. loyli suv bo'yinda mingrayg'on qumrim, gunlarim nozvoysiz injib o'tadi. Oylanib-oylanib Manaqa borsang Ros so'lla, Monoqda yoqmadik bizla. Allari katmandin g'och yigitlani Sonosong sonoqda yoqmadik bizla. Jonimnonom yohshi go'rdim Shovotni Shovot yurakimni yurtino o'hshar. Savgan yorim sochi monga chirmashso, Uzimni dolini burtina o'hshor. O'hshasa o'hshasin dolni burtino, Makkam to'vlop qo'ysin,cheshilmasin hech. Ikkin yipak yipmiz yorim bilan man, Mannan boshqo bilan eshilmasin hech. Qolo qolo bo'lar san bilan, biykam, Getib qolsang qolo qolo bo'lmidi. Sani bir go'rganla sannan oyrilsa, To o'mri o'tincha kalo vo'lmidi. Ohshom bilan uhisi galmas qoloni Ming ming odam bo'lib yurib chiqadi. Sal go'zzi irkilsa dong otg'an vahdo. Dushina yovonla girib chiqadi. Matnazar Abdulhakim |
Hammaga dang qoro.hamma zor songo Bo'lmasa bir guni topo vo'ladi. Yulduzloni olo go'rma,go'zalim Osmon sannan qotti hopo vo'ladi. Na ozoping bo'lsa monga baravar, O't bo'lsam, kullara do'nib tushiyn man. San qoromin qo'yg'on bir yulduz bo'lib, Gizlanib qo'yninga so'nib tushiyn man Go'zzim yohshi go'rdi... dilim lol vo'ldi, Go'zlarim dilimnan g'ochroq akan. Sochlaring bir quyug', yuzing bir oppoq, U qorong'i lekin bu chiroq akan. Va'dang bir songoroq - qo'shomejiyna, Lekin vopolaring puchroq akan. Bir o'pdim, bir shaoppot urding san mani, Chakkang oyangnan sal sijiroq akan... San baht bilan,shodlik bilan chiqonson, Man g'om bilan, qoyg'i bilan jo'roman. San mani jiyningdiyn go'rasan, Man sani jonimdijn go'raman. Jeg'losong, azilsa alro'mollaring, Domorimni yipla atib saraman. Biykajon, jiyningnan jonim oynonsin, Jiyningni jonima olib baraman. Matnazar Abdulhakim |
   ***** |
     ***** |
    Apka siza keypim getadi |
Yuraklarim zada sani sog'inib. Qolim sango xotla yozib xoriydi. Do'rt-besh go'zzi qaro yeg'nolg'an yerda Go'zzim olmo terib sani qariydi. Qoni bir go'rinsang... chidob bo'lmidi Hijron, oyriliqni nomus-orina... Yuz yil yotib yesa do'yar Horazm Go'zlarimni tergan olmolorino. Bohono ko'p hali galmiyjoq bo'lsang, Hali nichcha -nichccha bohono qoldi. Ishi yoq bohono bilan ko'nglimni, U bir saroy adi... sohona qoldi. To'rabekhonimni ko'shkina o'hshor, Go'rgan hayron bo'lib dueavaradi. Ko'shkni tozodonnan duzatsa bo'lar, Ko'nglim vayron bo'lib durovaradi. Nichchalli urindim,chidop bilmadim Oyroliqni oji qiliqlarino. Sani unutiyn dab chiqib getdim so'ng O'rtayop tarapni qumliqlarino. Yaqiyn bo'lib yaqiyn bo'lib bilmadim, Uzoq bo'lib uzoq bo'lib bilmadim. Birga o'sar akan qumda sozoqlo Qumda o'sgan sozoq bo'lib bilmadim Matnazar Abdulhakim |
Sani gulganlaring gul adi, yorim Gulingni opanglo yulib qo'yibdi. Ichonloro qomop, qulplop ustingnan Qoysi qo'li cho'mmiq ilip qo'yipti. Gunlarim o'tyotir sannan mosuvo, Osmonloni hamma buluti manda. Ustingnan ilganni na poydosi vo Yuraking qulpini kiliti manda. Komsomol to'y qursin, meylisa o'hshar Voqqildap yidila quloqlaringni shiyshada zaharli suv baradila, Go'mib toshop cheshma-buloqlaringni Cheshma buloqlari go'milmagayan bir Yoyilg'an- yozilg'an yerda yahsasang. Chakkasinnan o'pib savgan yoringni, Bir qujoq gul atib toxo toshosang. Sani odg'inanga qo'shiqlo qo'shdim. Qo'shiqlo Shovotdo oqib getdila Mani yurakimda quvri san ading, Mani boshqalara doqib getdila. Boshqalardan mani yurakim olis Olis bolg'anindiyn Moniqdan Ovshar Sani jamolingni oylag'animdo Mani boshqalara ichim ovushor. Matnazar Abdulhakim |
Mohlardanam hushroysiz, Apka siza yomon keyipim getadi. Donigan bilgana obroysiz, Apka siza yomon keyipim getadi. Bezatilgan qurjaqsiz, Gozi tushganni yurakinnan urjaqsiz, Mincha oshiqni nera sigishtrib qoyjaqsiz ? Apka siza yomon keyipim getadi. Durishingiza sira gap yoq, Tort muchangiz ozina dim doq, Gorsam boldi, yurak bashlidi, loq-loq, Apka siza yomon keyipim getadi. Yoshing kichchi, yoqalsanga, get damang, Kichchini sevgisi agri bolami ? Ayting ahir,mani sizsiz kongilim hecham dolami? Apka siza yomon keyipim getadi. Savmasangiz qovjirayin, solayin, Chorim boling, qulvachchangiz bolayin, Hop dasangiz jayhun kabi joshayin, Apka siza yomon keyipim getadi. Ay yor,dost,sheri oqi,ichi gij-gij mano qu! Hayron qalma, bina shoir, bina balo bu ? Galavar, manzilimiz xorazm22.narod.ru, Maning shu apkama yomon keyipim getadi. Hazars2004 |
     Aytishuv |
       PULI YO'Q ODAM |
TO'XTANG |
Bog' aro bog'bon garak Gulzora bulbul garak Uradi manda duk duk yurak Mango shul sarviravon garak Garakligim bildim ozim Sizi izlap charchadi ikki gozzim Bor adi manam bir juft sozum O'ylasam sizi o'tmidi ovqatim tuzum Eshigingnan o'tsam harvaqt Sani go'rmasam qo'ymidi toqat Sevishim bilasan o'zing faqat Qancha kutay yana,qani ayt Sizzi dap bittim sheru bayt Poyladim galar sizi go'rar payt Hat bilan habar bo'lmas Go'rmasam sizi konglim do'lmas Sani o'ylap uximda maza yoq Go'zlaring hayolimda, kipriging o'q Yuragima solding bir ovuch cho'g Sango yetmasam dardim chorasi yo'q Qo'rqmang, bo'lsa bir chorasi bor Qilay desangiz mani ozingiza yor Sovchi qo'ying,kemasdan haridor Nasipmikan biza visolu diydor Sovchi dasang ina tayyor Lekin otang tulkidin ayyor Bilmadim qilamikan sani mango yor Axir bilsang shu gumonim hali bor Qo'ysangiza bekora gumonni Galsinla gorsin uy tomonni Yashi gap aritar toshu yomonni Bekora o'tirmang mansiz zamonni Kamina... |
Bunda hamma nenidir sotar, Pul bilan o'lchanar har dam, har qadam, Zoru hayronlikda kunlaring o'tar, Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Hamma olsam deydi, deydi bermasam, Seni tushunmaydi mard ham nomard ham. Chayqovchiga tegar qo lni sermasam Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Bolalar pul deydi, pul deydi xotin, Mulla ham pul deydi, pul deydi otin. Puldan yaratganmi bu inson zotin Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Boshingda sochingdan tanishlaring ko'p, Barining qo'lida ota meros cho'p. Dunyoning neligin angladingmi,xo'p Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Odamlar boylik deb yurt kezar sarson, Goho, bir kechada bo'lurlar yakson. Sendan qanoat ko'p, senga ko'p oson Holing he kechmoqda puli yo'q odam? O'zing och bo'lsang-da, elga nafing ko'p, Birovdan qarzing yo'q, katta gaping ko'p. Hech yolg'iz emassan qara, safing ko'p Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Sensiz o'tmas sira to'y ham, motam ham, Asli, sendan chiqqan mashhur Hotam ham. Xuddi sendek edi sho'rlik otam ham Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Xo'ja Nasridinda boylik bo'lganmi? Yo, Aldar tog amda oylik bo'lganmi? Mashrab boboning uylik, joylik bo'lganmi, Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Yoshlikdan chapani, yov urar eding, Fil bersam tushlikka qovurar eding. Boy bo'lsang baribir sovurar eding Holing he kechmoqda puli yo'q odam? Gapni opqochmadim oz-moz o'radim, Senday qo'li ochiq saxiy ko'rmadim, Yaratgandan senga sog'liq so'radim Boshing toshdan bo'lsin puli yo'q odam. HAMROQUL ASQAR |
Bu dunyoning zo'rlari to'xtang, Oching oftob ko'zlaringizni. Ne bo'lsa ham baland olmangiz, Yaratgandan o'zlaringizni. U dunyoni eslab qo'yingiz, Mazlumlarni ezgan paytingiz. Mozorlarga qarab qo'yingiz, Bozorlarni kezgan paytingiz. Zulmatlarga yuz bergan zamon, Borliq go'yo, bir keksa betob. Xira shamdek ojiz, notavon, Falaklarni yoritgan oftob. Qancha tansiq ne matlari bor, Bu olamning go'zal bog'ida. Sultonlar ham zor-zor yig'lagan, U dunyoga ketar chog'ida. Ne buyuklar o'tib ketdiku, Yaxshi yomon nomi qoldida. Yolg on emas bor haqiqat shu, Inson ojiz o'lim oldida. Bu dunyoning zo'rlari to'xtang, Mazlumlarni ezgan paytingiz. Mozorlarga qarab qo'yingiz, Bozorlarni kezgan paytingiz. HAMROQUL ASQAR |