HOME
About Me
Album
My A3 Album
Services
Nazm Gulshani
MP3.lar
Belgium
Roses
Poems
Forum
ChatROOM
Guestbook
Designed by ZafarShah

                  MUHABBAT

Untitled Page
Hosted by uCoz


Muhabbatni men bilmasdim
"Tunu kun uxlamasdim"
Desalar aslo ishonmasdim
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo


Ishqida yonib misoli chiroq
Gar yoridan bo'lsa hamki yiroq
Yuragida,aqlida asraydi biroq
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo


Sherlar yozar marjonday tizib
Bazan yiglarkan yuragin ezib
Qatta bo'sayam turadi sezib
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo


Tush kursa ko'zlariga ishonmas aslo
Dunyoda tengi yo'q sevgani bebaho
Farxoddek kechar ekan cho'lu saxro
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo


Rasmiga qarab qo'yar harkun
Hudo yetqizsa visoliga to'yadi birkun
Ko'zlarida nur chaqnaydi o'sha kun
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo


Tanda jonin qiladi fido
Yori uchun borin beradi gado
Sevadi bir umr bo'lsa ham ado
Men ham muhabbatga bo'ldim mahliyo

                  Bir qiyo aylab pari...


Bir qiyo aylab pari
Aqlimni boshimdin qilib nari
Guli ruxsor labi bol bari
Olamda shirin-shakarin sarvari


Gar ko'rmasam ul duru gavhari
Kul bo'lgum marrai ma'hshari
Dunyoda tengisiz vosilu bashari
Bir onim kechmas ul zebosiz nari


Nur olar yer shari soyu sharshari
Ko'z tikib uzolmas anga yoshu qari
U kim tarifga suz ojiz pari
Sevur har nechuk qiynasa ham Zafari

                  Ayollar shim kiygan yillarda


Derdilar: doimo yigit fikru-o'yi,
Ketmonda, majlisda oshu bilyardda
Sal-pal cho'kmadimi erlarning bo'yi,
Ayollar shim kiygan noyob yillarda?!


Ishda ham, ishqda ham ayolni yurak,
Balandroq egarga undasa kerak,
Uloqbop kiyim-bosh o'rinli, demak,
Ayollar shim kiygan asov yillarda.


Er soqol-mo'ylovi garchi azaliy,
So'zi muloyimroq, qo'li mazali,
Bo'lib qolarkansan mulohazali,
Ayollar shim kiygan tezob yillarda.


Ular biz qatori bo'lsa-ku yahshi,
Biz ular qatori bo'lib qolsak-chi?!
Chorla Alpomishni tezroq, ey bahshi,
Ayollar shim kiygan betob yillarda.


Biri kam dunyoning yoshi tomchilar,
Tizzasin yopsa qiz kindik ochilar,
Ishsiz qolib ketti hatto sovchilar,
Ayollar shim kigan hunob yillarda.


Hech kim tahlikaga tushmasdan biroq,
Ha, charhlab turilsa miya va o'roq,
Ilm ham, hirmon ham o'sadi tezroq,
Ayollar shim kiygan ishtob yillarda.


Yoqimtoy ko'rsatib hipcha belini,
Qizlar shod etmoqchi bo'lar elini,
Ho'sh, tiyib yursinmi chollar tilini,
Ayollar shim kiygan sizbop yillarda?!


Aylanib turibdi hayotning charhi,
Bugun o'zgachadir har qadam narhi,
Borar joyimizning lekin yo'q farqi,
Ayollar shim kiygan halqob yillarda.


"Miniyubka asrin" ko'rdim ikki bor,
Shim ham goh keng bo'ldi, gohi keldi tor,
Ming shukr topoldim insofli yor,
Ayollar shim kiygan sarob yillarda.


Do'stlarim, o'choqda o'chmasin olov,
Oshimiz pishirib bermaydi birov,
Erlarning qo'lidan tushmasin jilov,
Ayollar shim kiygan chop-chop yillarda.


Ismatilla Imomnazarov


дддддддддддддддддд


Hech o'ylab ko'rdingmi ushbu hadisni
La'natlab turgay Alloh shim kiygan ayolu qizni
Nahot zolim bo'lsang o'zingga o'zing
Nahot haqni botil ko'rsatsa ko'zing?
Tor-tig'iz kiyarsan, Alloh sabrli Sochingni kesarsan, Alloh sabrli
Zinolar qilarsan, Alloh sabrli,
Ammo bil bu dunyo baribir qabrli
Ko'chada yurarsan, chiroying sochib
Nomaxram erkakka bag'ringni ochib
Ox, oxirat azobidan bo'larmu qochib
Alloh qaxrlidir, Alloh sabrli.
Sochingni kesganda o'ylab ko'rdingmi,
U qanday qayerdan o'sib chiqadi?
Qoshingni terganda o'ylab ko'rdingmi,
Shuncha tersang ham yana o'sib chiqadi?
Sen, avval, yaratgin bir tola sochni
Peshonangga qadab ko'r bir tutam qoshni
O'saverar negadir sen kesgan soching
Chiqaverar negadir sen tergan qoshing.
Yana o'sib chiqqanda hayron bo'lmagin
YAna o'sib chiqdi deb labing burmagin
Qoshingni o'sishi, sochni o'sishi
Tavba qilib qaytish uchun senga bir imkon
Buni anglab yetmagan bo'lar pushaymon
Lekin senga yoqmas sochingning rangi
Senga hatto yoqmas yuz-ko'zingni rangi
Nechun shukr qilmaysan, ey nodon banda
Axir shukr qil deb buyurgan Tangring.
O'z uyingda yurarsan sochlaring to'zib
Hunuk ko'ylaklarda lablaring burib,
Yasanib chiqarsan ko'chaga yurib
KO'zlaring bo'yarsan Alloh sabrli
Oh qanday er ekan, dayusmikan u?
Ayolin ko'chaga chiqarsa shunday,
Tor-tanqis shimlarda yarim yalang'och
O'zga erkak boqmasmu zino qilguday?
Oh, qanday ona u, qanday ota u,
Qiziga avratin yopgin demasa?
Oxirat azobi qattiq azobdir
Jon qizim Allohdan qo'rqgin demasa
Ey ota, ey ona o'ylab ko'ringiz
Sizga omonatdir farzandlaringiz.
Yetar endi shuncha o'ynab kuldingiz
Oxirat javobin fikr qilingiz,
Yoqangizdan olmasdan og'il-qizingiz
Farzandlaringiz bilan tavba qilingiz.
Tavba qil, ey ayol, gunohing ko'pdir
Ko'chada yurganda zinoing ko'pdir,
Sajda qil, tavba qil vaqting g'animat
Bilib qo'y DO'ZAXDA AYOLLAR KO'PDIR

more

What's New
20. December. 2005
We have launched our new site. We will be adding new services soon. Any other news text will come here...
zafarshah.50webs.com
www.shovotlandian.nm.ru
www.zafarshah.narod.ru

24. December. 2005
This Website Template is designed by ZafarShah

 

Hosted by uCoz